
"Borussiya" Dortmund safarda oson g‘alabani qo‘lga kiritdi (video)
Germaniya Bundesligasining 33-turida “Borussiya” Dortmund safarda “Maynts” mehmoni bo‘ldi.
“Opel Arena”da kechgan bahs 1:3 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “Borussiya”ga g‘alaba keltirgan gollarga Rafael Gerreyru (23'), Marko Roys (42') va Yulian Brandt (80') mualliflik qildi. “Maynts”ning yagona golini Robin Kvayson (90') so‘nggi daqiqada kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar