
"Borussiya" Dortmund PSJga qarshi o‘yindan oldin yana bir jiddiy yo‘qotishga uchradi
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Yulian Brandt jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda L'Equipe nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 23 yoshli germaniyalik futbolchi kamida 2 hafta maydonga tusha olmaydi. Shu tariqa u 18 fevral kuni PSJ ga qarshi bo‘lib o‘tadigan EChL 1/8 final dastlabki bellashuvida jamoasiga yordam berolmaydi.
Ma’lumot uchun, Brandt joriy mavsum “Borussiya” safida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq dortmundliklarning boshqa bir etakchi futbolchilari - Marko Roys va Tomas Dileynilar ham jarohat olishgan edi.
Fikrlar