
"Borussiya" Dortmund o‘z maydonida Berlin klubini taslim qildi (video)
Germaniya Bundesligasining 25-turida “Borussiya” Dortmund o‘z maydonida “Gerta”ni qabul qildi.
“Signal Iduna Park” o‘yingohida kechgan bahs maydon egalarining 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “Borussiya”ga g‘alaba keltirgan gollarni Yulian Brandt (54') va Yussufa Mukoko (90') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar