
"Borussiya" Dortmund ochko yo‘qotdi, "Leyptsig" esa yirik hisobda zafar quchdi
Bundesliga 15-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv o‘z yakuniga etdi.
"Boxum" maydoniga safar qilgan "Borussiya" Dortmund durang natija qayd etdi. 40-daqiqada Sebastyan Polter hisobni ochdi. O‘yin tugashiga yaqin Brandt hisobni tenglashtirdi.
Shuningdek, o‘z maydonida menxengladbax "Borussiya"sini qabul qilgan "Leyptsig" 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Fikrlar