"Borussiya" Dortmund "Napoli" hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 21 dekabr, 2019, 11:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" klubi forvardi Dris Mertens jamoadan ketishga juda yaqin turibdi.

Tecno

Football Italia tarqatgan xabarga qaraganda 32 yoshli belgiyalik futbolchi "Borussiya" Dortmundning qiziqishlar doirasiga kirib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Mertens "Napoli"ning hurmati sabab boshqa italyan jamoalariga o‘tmasligini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot uchun, Mertens bu mavsum neapolliklar safida 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 4 ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “Napoli” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Uning transferi esa 25 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!