
"Borussiya" D etakchisi "Inter"ga qarshi o‘ynamasligi mumkin
"Borussiya" Dortmund klubining bosh murabbiyi Lyusen Favr Chempionlar Ligasi doirasida "Inter"ga qarshi kechadigan uchrashuvda jamoa sardori Marko Roys maydonga tusha olmasligi mumkinligini yashirib o‘tirmadi.
"Uning holati qanday ekanligini bilmayman," - dedi Favr.
Ma’lumot uchun, Roys jamoaning o‘yindan oldingi OAV uchun ochiq bo‘lgan 15 daqiqalik mashg‘ulotlarda ishtirok etmadi. Shuningdek, u Dortmund jamoasi tomonidan nashr etilgan mashg‘ulot fotosuratlarida ham ko‘rinish bermagan.
Fikrlar