
"Borussiya D" bosh murabbiyi: Gyottse hozirgi taktikamizga to‘g‘ri kelmaydi
“Borussiya” Dortmund klubi bosh murabbiyi Lyusen Favr jamoa yarim himoyachisi Mario Gyottse haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Endi biz 3-4-3 sxemasi bo‘yicha o‘ynaymiz. Men Gyottse bilan gaplashdim, u bu taktikaga to‘g‘ri kelmaydi. Bu borada to‘g‘risini aytishim kerak.
Albatta, u yarim himoyaning o‘ng yoki chap qanotida o‘ynashi mumkin. Ko‘ramiz. Oldimizda juda ko‘p o‘yinlar bor va biz har bir futbolchiga ishonch bildirishimiz kerak”, - deydi Favr.
Gyottsening dortmundliklar bilan amaldagi shartnomasi yana bir oydan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi. Shu sababli u yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shilishi mumkin.
Mario joriy mavsum “Borussiya” safida 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar