
"Borussiya" bosh murabbiyi: "Iste’foga chiqarilishim haqidagi yangiliklarni o‘qib, hayron qolganim yo‘q
Germaniya matbuotida "Borussiya" bosh murabbiy Edin Terzichning mavsum so‘nggida klubni tark etishi mumkinligi borasida xabarlar tarqalmoqda. Mutaxassisning o‘zi mish-mishlar haqida gapirdi.
"Mening ishim xavf ostida ekanligini eshitib hayron bo‘lmadim, top-klubda bo‘lganingizda bu normal holat". To‘g‘risini aytsam, mavsum boshidan buyon doim shunday. Men e’tiborni o‘z o‘yinlarimizga qaratmoqchiman, chalg‘imaslik kerak", - dedi Terzich.
Edin bosh murabbiylik faoliyatini aynan "Borussiya"da boshladi. 2010 yilda yoshlar jamoasida, keyinchalik skaut va tehnik direktor kabi vazifalarni bajargan mutaxassis 2022 yilning yozidan beri asosiy jamoaga ustozlik qilmoqda.
Fikrlar