"Bornmut" bir ko‘rsatkich bo‘yicha APLning eng yaxshi jamoasi bo‘lib turibdi

  • 28 dekabr, 2023, 18:28
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bornmut" Angliya chempionatining 19-turida "Fulxem"ni mag‘lub etdi (3:). 

1 noyabrdan buyon Andoni Iraola shogirdlari chempionatda 8 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ochko jamg‘ardi. Bu Premer-ligadagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi. "Liverpul" ular bilan bir xil ochko jamg‘argan bo‘lsa-da, ular yana bitta uchrashuv o‘tkazdi. 

"Manchester Siti" (1:6) va "Aston Villa"ga (2:2) qarshi bellashuvlar "Bornmut"ning so‘nggi 2 oyda g‘alaba qozona olmayotgan yagona uchrashuvidir. 

Ayni damda "Bornmut" Premer-liga turnir jadvalida 12-pog‘onada boryapti. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!