Bordalas "Real"ga qarshi o‘yin oldidan uchrashuvning murakkabligini ta’kidladi

  • 23 aprel, 15:24
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bugun "Xetafe" La Liganing 33-turida "Real Madrid"ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuv haqida jamoa bosh murabbiyi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:30 da start oladi.

"Men doim aytaman: hozir “Real” bilan o‘ynash uchun eng yaxshi vaqt emas. Ular dunyodagi eng kuchli jamoalardan biri, hali ham ikki turnirda ishtirok etmoqda. Ularda dunyodagi eng kuchli tarkiblardan biri bor va ular to‘xtovsiz sovrinlar yutmoqda.

Hech qachon “Real”ga qarshi o‘ynash uchun qulay vaqt bo‘lmaydi – muammolar va qiyinchiliklar haqida bilamiz. Har jihatdan farq katta. Bu juda ham, juda og‘ir o‘yin bo‘ladi.

Men ular Ispaniya Kubogi haqida o‘ylab qolishgan deb hisoblamayman. Ular hali ham La Ligada kurash olib borishmoqda va “Barselona”ga yaqinlashish uchun g‘alaba qozonishlari kerak" – dedi ispaniyalik mutaxassis.. 

Eslatib o‘tamiz, mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:30 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!