
Bonuchchi top-10 talikka kirdi
Ayni daqiqalarda Evro-2020 saralash bosqichidan o‘rin olgan Finlyandiya va Italiya qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tmoqda. Mehmonlar tarkibida himoyachi Leonardo Bonuchchi asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bu 32 yoshli futbolchi uchun terma jamoa safidagi 91-uchrashuv hisoblanadi.
Bonuchchi bu ko‘rsatkich bilan Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Alessandro Del Peroga etib oldi va u bilan birgalikda terma jamoa libosida maydonga tushish soni bo‘yicha 10-o‘rinni egallab turibdi.
1. Djanluidji Buffon – 176
2. Fabio Kannavaro – 136
3. Paolo Maldini – 126
4. Daniele De Rossi – 117
5. Andrea Pirlo – 116
6. Dino Zoff – 112
7. Djordjio Kellini – 103
8. Djanluka Dzambrotta – 98
9. Djachinto Fakketti – 94
10. Alessandro Del Pero, Leonardo Bonuchchi – 91
Fikrlar