Bonuchchi Ronalduning aniq amalga oshirolmagan penaltisi haqida gapirdi

  • 13 iyun, 2020, 03:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi Italiya kubogi yarim finalining javob uchrashuvidan o‘rin olgan "Milan" (0:0) ga qarshi bahs haqida fikrlarini bildirdi.

Tecno

"Maqsadlarimizning birini Rimda yakunlash uchun bugun g‘alaba qozonishimiz muhim edi.

Dastlab, g‘alati va qiyin bo‘ldi, 90 kundan keyin bo‘m-bo‘sh stadion. 10 kishi bo‘lib qolgan milanliklar 11 kishiga qarshi juda yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Natija durang bo‘ldi. Bizning maqsadimiz final edi.

Ronalduning amalga oshira olmagan penaltisiga kelsak, hattoki buyuklar ham xato qilishadi. "Milan" istalgan vaqtda gol urib ketishi mumkin edi. Shuning uchun konsentratsiyani ushlab turishga harakat qildik. O‘ylaymanki, biz yaqin kelajakda buyuk "Yuve" va buyuk Ronalduni ko‘ramiz," - dedi Bonuchchi Rai Sportga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!