Bonuchchi PSJga o‘tishi mumkin

  • 29 iyun, 2019, 18:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Leonardo Bonuchchi PSJning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tecno

Football Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda parijliklar allaqachon 32 yoshli italiyalik futbolchining ushbu transferga munosabatini bilish uchun uning agenti bilan bog‘lanishgan.

Ta’kidlash kerakki, “Yuve” boshqaruviga Mauritsio Sarri kelgach va “Ayaks”dan Matteys de Ligtning sotib olinishi Bonuchchining jamoadagi taqdirini so‘roq ostida qoldirmoqda.

Ma’lumot uchun, Bonuchchi o‘tgan mavsum A Seriyada jami 29ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!