Bonuchchi faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin

  • 8 yanvar, 2024, 01:33
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bonuchchi faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Himoyachini "Fenerbaxche" klubi o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano. 

Tecno

Avvalroq, unga "Roma" qiziqish bildirgandi, lekin tomonlar kelishuvga erisha olmagan. Rimliklar "Yuventus"dan Dean Xusenni ijaraga olishni ma’qul ko‘rdi. 

Bonuchchi mavsum boshida "Union Berlin"ga erkin agent sifatida o‘tgandi. Futbolchining nemis klubini tanlashining asosiy sababi, berlinliklarning EChLda o‘ynashi edi, lekin murabbiy unga ko‘p o‘yin amaliyoti bermadi va Leanardo boshqa jamoa izlashni boshladi. 

Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Istanbul jamoasi Bonuchchi bilan muzokaralar olib bormoqda. Tez orada 36 yoshli futbolchi so‘nggi qarorni qabul qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!