
Bonuchchi: Bu o‘yin biz uchun kislorod kabi muhim
Italiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Leonardo Bonuchchi jamoasining UEFA Millatlar ligasidagi ambitsiyalari haqida gapirdi.
“Milliy terma jamoa uchun ushbu o‘yinni kislorodga qiyoslash mumkin. Men o‘z mamlakatim ranglarini himoya qilishni yaxshi ko‘raman. Jamoamiz bu sovrinni qo‘lga kiritish uchun munosib ekanimizni ko‘rsatishni istamoqda”, — dedi futbolchi UEFA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Italiya terma jamoasi Millatlar ligasining yarim final uchrashuvida Ispaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs bugun 15 iyun kuni bo‘lib o‘tad. O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:45 da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu juftlik g‘olibini finalda Niderlandiyani mag‘lubiyatga uchratgan Xorvatiya terma jamoasi kutmoqda.
Fikrlar