Bonuchchi: "Bu ikki futbolchini solishtirib bo‘lmaydi"
"Yuventus" futbolchisi Leonardo Bonuchchi Krishtianu Ronaldu va Dushan Vlaxovichni solishtirib bo‘lmasligini aytdi.
"Vilyarreal"ga qarshi o‘yin biz uchun juda qiyin bo‘ladi. "Sariq suv osti kemasi" yaxshi darajada futbol o‘ynaydi va jamoa tajribaga ega. Biroq Dushanda raqiblar chuqur himoyalangan payti to‘pni ushlab tura olish ustunligi bor.
Unga jamoaga moslashish uchun vaqt kerak. Krishtianu bilan har o‘yinni 1:0 hisobida boshlagandik. U o‘z kuchi va ruhiyatini butun jamoaga o‘tkaza olardi. Ronaldu klassik markaziy hujumchi va uni hali yosh Vlaxovich bilan solishtirib bo‘lmaydi", - dedi Leonardo.
Eslatib o‘tamiz, bugun tunda "keksa sinora" Chempionlar ligasi doirasida Ispaniyaning "Vilyarreal" jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.



Fikrlar