Boltaboev - Parij "Katta Dubulg‘a" kumush medali sohibi!

CHERY AUTO

Parij "Katta Dubulg‘a" turnirining -81 kg vazn toifasidagi bellashuvlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Sharofiddin Boltaboev kumush medal sohibiga aylandi.

Tecno

Sharofiddin hal qiluvchi final uchrashuvida belgiyalik Mattias Kessega qarshi tatamiga chiqdi. Bellashuv taqdirini hakam tomonidan berilgan uchta shido, ya’ni ogohlantirish hal qildi.

Shu tariqa, Boltaboev nufuzli musobaqaning kumush medali hamda 700 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi. Sharofiddin chorak finalda amaldagi jahon chempioni, reyting peshqadami isroillik Sagi Mukini sof ippon bahosi bilan mag‘lubiyatga uchratdi. Yarim final bellashuvida esa yaponiyalik Sotaro Fijivaradan ustun keldi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
AMUDARYO MANG'IT
10/02/2020 01:03
AMUDARYO MANG'IT FARZANDI OLG'A. TOKIO 2020 OLTIN MEDAL KUTAMIZ