Bo‘ldi o‘ynamayman! Levandovski bosh murabbiyga ishonmay qo‘ydi

  • 9 iyun, 13:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning eng zo‘r to‘purari Robert Levandovski ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali Polsha terma jamoasidagi faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatganini ma’lum qildi.

Tecno

- Yuzaga kelgan vaziyat va Polsha terma jamoasi bosh murabbiyiga bo‘lgan ishonch yo‘qolganligi bois, bu mutaxassis ish joyini o‘zgartirmagunicha terma jamoadagi faoliyatimni to‘xtatib turishga qaror qildim.

Kelajakda dunyodagi eng zo‘r muxlislar uchun yana maydonga tushishga umid qilaman, - deb yozdi Robert Levandovski.

Polsha bosh murabbiyi Mixal Probej 2023 yilning sentyabridan beri terma jamoani boshqarib kelmoqda.

36 yoshli Robert Levandovski milliy terma jamoa tarixidagi eng zo‘r to‘purar hisoblanadi. 2008 yildan beri xalqaro miqyosda to‘p tepib kelayotgan hujumchi 85 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!