Bo‘ldi, “Real”ga o‘tmayman!

  • 11 noyabr, 09:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” transferlari ro‘yxatiga argentinalik jahon chempioni Aleksis Mak Allisterni kiritib qo‘yganiga ancha bo‘lgan. Biroq “Qirollik klubi”ning bu rejasi amalga oshmaydigan bo‘ldi.

Tecno

Football Insider nashrining ma’lum qilishicha, Aleksis Mak Allisterni ayni paytda “Liverpul”da barcha narsa qoniqtirmoqda va yarim himoyachi o‘ziga bo‘layotgan takliflarni ko‘rib chiqmaslikka qaror qilgan.

Futbolchining mersisaydliklar jamoasida qolish istagi “Real”ning yanvarga mo‘ljallagan transferini barbod qiladi.

26 yoshli Mak Allisterning “Liverpul” bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ekspertlari uni 100 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!