Bo‘lajak chempionlar saralandi (fotogalereya)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 noyabrda imzolagan “2024 yil Parij shahrida (Frantsiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga o‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi 5281-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Parij sari yo‘l” shiori ostidagi saralash tadbirlarining navbatdagisi para dzyudo sport turi bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.
Ushbu saralash tadbirida mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 150 nafardan ortiq zaif ko‘ruvchi va ko‘zi ojiz insonlar o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Yakunda ular orasidan eng iqtidorlilari saralanib, para dzyudo bilan muntazam shug‘ullanishga yo‘naltirildi.
Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining bu kabi saralash tadbirlari yana davom etishi rejalashtirilgan.







.jpg)

.jpg)
.jpg)




Fikrlar