Boks: Litsenzion turnirda umumjamoa natijalari qanday ko‘rinish oldi?

  • 12 mart, 2020, 00:58
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Iordaniyaning Amman shahrida bir necha kun davom etgan Tokio Olimpiadasiga litsenziya taqdim etuvchi turnir o‘z yakuniga etdi. Quvonarlisi, ushbu musobaqada hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Yakunda ettita litsenziyani qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin va 3 ta bronza medali sohibiga ham aylanishdi. Shuningdek ushbu natija evaziga O‘zbekiston erkaklar jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ayollar bo‘yicha esa xitoylik qizlarga teng keladigani topilmadi. Ular 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi.

Tecno

Quyida medalga ega chiqqan mamlakat vakillarini e’tiboringizga havola etamiz.

Erkaklar

1. O‘zbekiston - 3 ta oltin, 3 ta bronza

2. Qozog‘iston - 2 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza

3. Iordaniya - 1 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza

4. Xitoy - 1 ta oltin, 2 ta bronza

5. Filippin - 1 ta oltin

6. Avstraliya - 2 ta kumush

7. Hindiston - 1 ta kumush, 3 ta bronza

8. Tailand - 1 ta kumush

9. Yangi Zelandiya - 1 ta kumush

10. Vetnam - 1 ta bronza

11. Mo‘g‘uliston - 1 ta bronza

Ayollar

1. Xitoy - 3 ta oltin

2. Xitoy Taypeyi - 1 ta oltin,1 ta kumush, 2 ta bronza

 3. Janubiy Koreya - 1 ta oltin, 1 ta bronza

4. Yaponiya - 2 ta kumush

5. Hindiston - 1 ta kumush, 3 ta bronza

6. Avstraliya -1 ta kumush, 1 ta bronza

7. Tailand - 2 ta bronza

8. Qozog‘iston - 1 ta bronza

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!