Bokschilarimiz Grozniydagi yurishini g‘alaba bilan boshladi

  • 20 avgust, 2019, 11:47
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Chechenistonning Grozniy shahrida boks bo‘yicha Respublika birinchi prezidenti Axmat-Xoji Qodirov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirda charm  qolqop ustalarimiz muvaffaqiyatli start oldi.

Tecno

Musobaqaning dastlabki kunida terma jamoamiz a’zolaridan Shunqor Abdurasulov isroillik Sabar Bisharani, Elnur Abduraimov rossiyalik Emir Basirovni,  Kozimbek Mardonov rossiyalik Rishat Bakirovni, Timur Ergashev polshalik Vitold Lisekni, Madiyar Saidrahimov rossiyalik Salax Mutsulxanovni o‘z vazn toifalarida engib, ikkinchi davraga yo‘l oldi.

Xalqaro turnirning bugun bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarida quyidagi bokschilarimiz ringga ko‘tariladi:

-52 kg: Fozil Abdumurodov - Bogdan Ilzaitinov (Rossiya)
-69 kg: Jahongir Rahmonov - Tamerlan Tandelov (Rossiya)
-75 kg: Mahmud Gaipov - Chingizxan Mataev (Rossiya)
-75 kg: Bahromjon Fozilov - Konstantin Mishechkin (Rossiya)
-81 kg: Kozimbek Mardonov - Xasbulat Murzabekov (Rossiya)
+91 kg: Obidjon Tohirov - Magomed Timersultanov (Rossiya)
+91 kg: Bahodir Jalolov - Marchin Sianos (Polsha)

Javohir TOShXO‘JAEV, O‘zA muxbiri

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!