
Bokschidan iqtibos: "Makgregorni bir qo‘limda uraman"
Professional boksning ikki yo‘nalish bo‘yicha sobiq jahon chempioni Pol Malinyaji ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor MakGregorga qarshi boks qoidalari bo‘yicha jang qilishga tayyorligini bildirdi.
“Men u bilan bir qo‘limda jang qilaman. Ishoning bu bolani bir qo‘lim bilan uraman.
Ammo u bu jangni xohlamaydi. Biz buni amalga oshirishimiz mumkin edi, ammo buning imkoni yo‘qqa o‘xshaydi", - dedi Malinyaji
Malinyaji Konorni Floyd Meyvezerga qarshi jangga tayyorgarlik jarayonida sparring sherigi sifatida yordam bergan edi.
Fikrlar