
Bokschi yigitlarimiz Qirg‘izistondagi xalqaro musobaqada birinchi bo‘lishdi
Qirg‘izistonning Bishkek shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Sobiq Ittifoq qahramoni Duyshenkul Shopokov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir o‘z nihoyasiga etdi. Unda Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Xitoydan 130 nafardan ortiq bokschi ishtirok etdi.
Turnirda asosan yoshlar jamoasi vakillari bilan qatnashgan O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 5 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘ardi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Shubhasiz, bunday natija bilan yigitlarimiz umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi. Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz shohsupaga ko‘tarilgan:
Oltin:
-48 kg: Asilbek Jalilov
-67 kg: Lazizbek Fattoev
-75 kg: Abdulaziz Abdupattaev
-92 kg: Diyorbek O‘rolov
+92 kg: Jahongir Zokirov
Kumush:
-57 kg: Samandar Xolmurodov
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
-51 kg: Abdumajid Mannopov
Bronza:
-71 kg: Kamronbek Turg‘unboev
-63,5 kg: G‘ofurjon Tohirov
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziev
Shuningdek, qizlarimiz 4 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. G‘olib va sovrindorlar:
Oltin:
-48 kg: Marjona Savrieva
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-75 kg: Sohiba Ro‘zmetova
Kumush:
-48 kg: Farzona Fozilova
-54 kg: Nozimaxon Bulturova
-57 kg: Rashida Tagirova
-63 kg: Ziyoda Yarasheva
Bronza:
-66 kg: Xadichabonu Abdullaeva.
Fikrlar