Boks terma jamoamiz a’zolari Xalqaro yig‘inda ishtirok etmoqda
Ayni kunlarda erkaklar va ayollar terma jamoamiz vakillari Tailandning Saraburi shahrida bo‘lib turibdi. Ushbu shaharda bokschilarimiz mezbon davlat vakillari bilan birgalikda qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etishmoqda. Yig‘in 27 noyabrga qadar davom etadi.
Erkaklar:
Xusanboy Mirsaidov
Temur G‘ulomjonov
Sayfiddin Sobirov
Asliddin Ro‘zimurodov
Sardorbek Mirzaabdullaev
Murabbiylar: Xusan Quchqorov. G‘anisher Jangirov.
Ayollar:
Jasmin Tohirova
Aziza Yoqubova
Xumorabonu Mamajonova
Mohira Ahmedova
Oysha Toirova
Murabbiylar: Shahzoda Umarova, Maqsedbay Jumaboev.
Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.



Fikrlar