Boks: Ruminiyada 4 g‘alaba va bir mag‘lubiyat, janglar davom etmoqda

  • 6 aprel, 2022, 19:34
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ayni daqiqalarda Ruminiyada start olgan Golden Beld turnirida bir qator bokschilarimiz o‘z yurishini boshladi.

Jumladan, -57 kg vaznli Dilshod Abdumurodov ispaniyalik Antoni Fernendesni  mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, -67 kgda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Javlonbek Yo‘ldoshev ruminiyalik Andrey Mustetni muddatidan oldin taslim etdi. -71 kgda turnirda ishtirok etayotgan, Kamronbek Turg‘unboev afsuski irlandiyalik Valsh Aidanga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. +92 kgda tajribali Lazizbek Mullojonov ukrainalik Dmitro Lovchiniski ustidan zafar quchgan bo‘lsa, yana bir +92 kgdagi yosh iste’dodli vakilimiz Jahongir Zokirov mezbon Razvan Filipni nokautga uchratib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldilar. 

Tecno

Turnir davom etmoqda, yana bir necha daqiqalardan so‘ng, quyidagi vakillarimiz o‘z jangini o‘tkazadi:

20:00dan so‘ng:

-75 kg: Abdulaziz Abdupattaev - Kevin Shumann (Germaniya)

-75 kg: Saidjamshid Jaffarov - Vlad Gavrulich (Moldova)

-80 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov - Dmitri Kostsyuk (Moldova)

-80 kg: Odiljon Aslonov - Exis Ben (Germaniya)

-86 kg: Temur Merjanov - Artyom Yordanyan (Gruziya)

Janglar Ruminiya boks federatsiyasi Youtube kanali orqali translyatsiya qilinmoqda.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!