
Boks. Quvaytdagi xalqaro turnirda 6 ta medal qo‘lga kiritdik, shulardan 5 tasi oltin
Quvaytning Al-Quvayt shahrida boks bo‘yicha "1-xalqaro musobaqa" o‘z yakuniga etdi.
Avvalroq xabar berganimizdek, ushbu musobaqada o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham ishtirok etishdi va umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. Bokschilarimiz musobaqa yakuniga ko‘ra, 5 ta oltin va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldilar.
Terma jamoamiz safida Abdumajid Mannopov, Abdumalik Xalakov, Javlonbek Yo‘ldoshev, Dilshodbek Ro‘zmetov va Diyor O‘ralov oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Lazizbek Fattoev bronza bilan yurtimizga qaytadigan bo‘ldi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar