
Boks. O‘zbekiston jahon chempionatini ajoyib g‘alaba bilan boshladi!
Xabaringiz bor, Angliyaning Liverpul shahri World Boxing shafeligida ilk bor o‘tkazilayotgan kattalar o‘rtasida Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Hozirgina hamyurtimiz Nigina O‘ktamova ishtirokidagi bahs yakunlandi. Vakilamiz to‘liq 3 raund davom etgan jangda qozog‘istonlik bokschi Elina Bazarovani bir bor nokdaun holatiga tushirdi va yakunda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Ma’lumot uchun, endi Nigina 8 sentyabr kuni vengriyalik Anna Lakotarga qarshi chorak finalga o‘tish bahsida ringga ko‘tariladi.
Fikrlar