
Boks: O‘zbekiston chempionati 10 ta vazn toifasida o‘tkaziladi
23-29 oktyabr kunlari poytaxtimizda boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati tashkil etiladi. Musobaqada Respublikamizning turli hududlaridan 200 nafardan ziyod charm qo‘lqop ustalari sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishadi.
Bahslar 10 ta vazn toifasida (-49 kg, -52 kg, -56 kg, 60 kg, -64 kg, -69 kg, -75 kg, -81 kg, -91 kg, +91 kg) tashkil etiladi.
Bellashuvlar poytaxtimizdagi "Universal" sport saroyida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Seul ko‘chasi, 7 uy. Janglar soat 11:00 dan so‘ng boshlanadi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar