
Boks. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi jahon chempionatiga yo‘l oldi
2023 yil 15-26 mart kunlari Hindistonning Nyu-Deli shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkaziladi. O‘zbekiston terma jamoasi mazkur jahon chempionatiga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini olib borish va musobaqada ishtirok etish uchun bugun Nyu-Deli shahriga yo‘l oldi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Qizlarimiz 14 martga qadar chempionatga tayyorgarlik olib borishadi. 15 martdan esa jahon chempionati boshlanadi. Ushbu musobaqada Jizzax viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashgan sport maetabining 3 nafar shug‘ulanuvchilari ishtirok etishadi.
Terma jamoamiz jahon chempionatida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Aziza Yakubova
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-57 kg: Mahliyo Xabibullaeva
-60 kg: Sitora Turdibekova
-63 kg: Xadichabonu Abdullaeva
-66 kg: Navbaxor Hamidova
-70 kg: Aziza Zokirova
-75 kg: Sohiba Ro‘zmetova
Bosh murabbiy: Elshod Rasulov
Fikrlar