Boks. Ot o‘rnini toy bosar!

  • 18 yanvar, 14:53
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

28 yoshli Konor Benn va 35 yoshli kichik Kris Eubank Turki Al ash-Shayxning bevosita vositachiligida joriy yilning aprel va dekabr oylarida ikkita jang o‘tkazish uchun shartnoma imzoladi. Britaniyalik mashhur bokschilarning o‘g‘illari Nayjel Benn va Kris Yubank boshlagan qarama-qarshilikni endi ular davom ettiradi.

Ikkisi o‘rtasidagi bahs 2022 yilda bo‘lib o‘tishi kerak edi va bu hammada katta qiziqish uyg‘otgandi, biroq Benning ijobiy testi jangning bekor qilinishiga olib keldi. Biroz vaqt o‘tib, Konor Buyuk Britaniyadagi boks litsenziyasini qaytarib oldi.

Ma’lumot uchun, dekabr oyidagi to‘qnashuv birinchi jang natijasi bilan bog‘liq bo‘lmaydi. "The Ring" xabariga ko‘ra,ikki bahsdan biri 62 000 muxlisni sig‘dira oladigan "Tottenxem" futbol klubining uy stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!