
Boks: Jahon Kubogiga asos solinadimi?
Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi, Xalqaro federatsiya (AIBA) Ijroiya qo‘mitasi a’zosi Umar Kremlyov Ekaterinburgda yakunlangan jahon chempionati Rossiyada o‘tkaziladigan so‘nggi yirik turnir emasligini ta’kidladi.
- Boks bo‘yicha Jahon Kubogini kelasi yili Rossiyada bo‘lib o‘tishini xohlaymiz, lekin avval unga asos solishimiz kerak. Aynan biz AIBA Ijroiya qo‘mitasi a’zolari bilan suhbatlashdik. Rossiya boksning qudrati va XOQ bilan bog‘liq qiyinchiliklarni hisobga olib, barcha bokschilar AIBAni qo‘llab-quvvatlash uchun kelishdi. Bundan tashqari, amaldagi jahon va olimpiya chempionlari Jahon chempionatida ishtirok etishdi, shu qadar ulkan raqobat borki, butun boks olami Xalqaro federatsiyani qo‘llab-quvvatlaydi va uning tez tiklanishini kutmoqda. AIBA-da islohotlar allaqachon boshlangan va o‘ylaymanki, yaqin kelajakda federatsiyani faqat yuksalishlar kutmoqda. Keyingi yili AIBA nafaqat o‘z ahamiyatini tiklaydi, balki eng yaxshi sport federatsiyasi bo‘ladi", - dedi Kremlyov.
Fikrlar