Boks: Jahon chempionatida yana 6 nafar vakilimiz jang qildi. Bitta yo‘qotish bor

  • 20 aprel, 2021, 00:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining chorak final bahslarining bugungi kundan o‘rin olgan kechki dasturi ham o‘z yakuniga etdi. 

Tecno

6 ta bokschimiz o‘z janglarini o‘tkazdi. Jumladan, -64 kg vaznli vakilamiz Mohinabonu Abdullaeva  armanistonlik raqibini 5:0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l olgan bo‘lsa, -75 kg vaznli bokschi qizimiz Sohiba Ro‘zmetova ukrainalik raqibasiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan holda, birinchi raunddayoq nokaut bilan zafar quchdi. 

-52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Shahzod Muzaffarov ham yaponiyalik raqibini 5:0 hisobida mag‘lub etdi va yarim final ishtirokchisiga aylandi. Afsuski, -60 kg vazn toifasida Aydos Tagaybaev kolumbiyalik raqibiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi. 

-69 kg vazn toifasida A’loxon Abdullaev bu bosqichda Turkiya vakilining qarshiligini sindirishga to‘g‘ri keldi. Quvonarlisi, u bu ishni ismiga mos tarzda a’lo darajada uddaladi va  5:0 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘llanmasini naqd qildi. Va nihoyat, -81 kg vaznda Shohjahon Abdullaev germaniyalik Delil Dadaevga qarshi jang qildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga chiqdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!