Boks hakami bo‘lishni istaysizmi? O‘zbekiston boks federatsiyasi katta masshtabdagi tanlovni e’lon qiladi!

  • 19 noyabr, 2021, 09:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

O‘zbekiston boks federatsiyasi mamlakatimizda hakamlik yo‘nalishini rivojlantirish, xalqaro miqyosida o‘zbek boksi hakamlarining imidjini oshirish maqsadida yangi tanlovni e’lon qiladi.

Tecno

Nomzodlardan talab qilinadigani - ingliz tilini mukammal bilishi, sport haqida tushunchaga ega bo‘lishi, atletik tashqi ko‘rinishga ega bo‘lishi va eng asosiysi ushbu yo‘nalishga qiziqishidir. Mazkur talablarga to‘g‘ri keladigan yigit-qizlarni hakamlik faoliyatini boshlashga chorlaymiz. Bo‘lajak hakamlar O‘zbekiston boks federatsiyasining maxsus komissiyasi bilan suhbatdan so‘ng tanlab olinadi. Ular uchun maxsus seminar tashkil etiladi. Seminarni xorijiy tajribali mutaxassislar olib borishadi. Ma’lum darajaga etgandan so‘ng, Sizda xalqaro musobaqalarda ishlash imkoniyati ham paydo bo‘ladi.

Yana bir qo‘shimcha ma’lumot - hakamlik faoliyatini qo‘shimcha ish sifatida olib borish mumkin. Bu esa asosiy ish joyingizga katta ta’sir ko‘rsatmaydi. Xabaringiz bo‘lsa, Olimpiya o‘yinlarida ham politsiyachi, o‘qituvchi, shifokor va boshqa kasb egalari referi sifatida ishlashgan.

Hakam bo‘lish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan o‘z rezyumelarini +998901176076 telegram raqamiga jo‘natishlarini so‘raymiz. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun esa +998970009684 (o‘zbek tili), +998901176076 (rus tili) raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. So‘ngra nomzodlardan reja asosida suhbat uchun O‘zbekiston boks federatsiyasi binosiga kelishlari so‘raladi. O‘zingiz bilan pasport nusxasi va tarjimai holni olishni unutmang.

Bu yoshlar uchun ajoyib imkoniyat. Fursatni qo‘ldan boy bermang.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!