
Boks: "Gubernator kubogi"da Mirazizbek Mirzaxalilov yarim final jangini o‘tkazdi
Sankt-Peterburg shahrida davom etayotgan “Gubernator kubogi”i yarim final bosqichining navbatdagi janglari -57 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tdi. Unda ringga ko‘tarilgan Mirazizbek Mirzaxalilov mezbonlar vakili Maksim Chernishevga qarshi ringga ko‘tarildi.
Uch raund mobaynida ustunlikka erishgan yurtdoshimiz xaqli tarzda g‘alaba qozondi va finalga yo‘l oldi. Hal qiluvchi jangda yurtdoshimizni yana bir mezbon bokschi Dimitriy Spivak kutib turibdi.
Mazkur jangda ham hamyurtimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar