
Boks bo‘yicha Osiyo chempionatiga boradigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi ma’lum bo‘ldi
Joriy yilning 21-31 may kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqa oldidan terma jamoa murabbiylaridan biri qozoq nashriga bergan intervyusida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi haqida ham fikr bildirgan. Unga ko‘ra, quyidagi bokschilar chempionatda ishtirok etishi kutilmoqda:
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov
-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-60 kg: Abdumalik Xalakov
-64 kg: Elnur Abduraimov
-69 kg: Bobousmon Boturov
-75 kg: Saidjamshid Jafarov
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov
-91 kg: Sanjar Tursunov
+91 kg: Bahodir Jalolov
Fikrlar