Boks bo‘yicha jahon chempionati yarim finaliga Qozog‘iston, Kuba va Rossiya bokschilari eng ko‘p etib keldi. Yarim final barcha juftliklari bilan tanishing

  • 3 noyabr, 2021, 10:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Serbiyaning Belgrad shahri boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Kecha musobaqa doirasida chorak final janglari o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan 6 nafar hamyurtlarimizdan -60 kg vaznda Abdumalik Halakov va -92 kg vaznda Madiyar Saidrahimov raqiblarini mag‘lub etgan holda yarim finalga yo‘l oldi. Shuningdek, ushbu bosqichga Kuba, Qozog‘iston va Rossiyadan 5 nafar, Tailanddan 4 nafar bokschilar etib keldi va eng yaxshi natija qayd etdi. Yarim final bahslari 4 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Juftliklar bilan tanishing:

Tecno

-48 kg
Temirtas Jusupov (Qozog‘iston) – Evgeniy Karmilchuk (Belarus)
Saxil Alaxverdovi (Gruziya) – Vuttichay Yurachay (Tailand)

-51 kg
Rosko Xill (AQSh) – Axtem Zakirov (Rossiya)
Saken Bibosynov (Qozog‘iston) - Txanarat Saengpfet (Tailand)

-54 kg
Maxmud Sabyrxan (Qozog‘iston) – Akash Kumar (Hindiston)
Bilal Bennama (Frantsiya) – Tomoya Tsuboi (Yaponiya)

-57 kg
Samuel Kistoxuri (Frantsiya) – Djamal Xarvi (AQSh)
Serik Temirjanov (Qozog‘iston) – Osvel Kabalerro (Kuba)

-60 kg
Abdumalik Xalokov (O‘zbekiston) – Daniyal Shaxbaxsh (Eron)
Sofyan Umiya (Frantsiya) – Aleksi De La Krus (Dominikan)

-63,5 kg
Kerem Ozmen (Turkiya) – Ris Linch (Shotlandiya)
Endi Kruz (Kuba) – Somchay Vogsuvan (Tailand)

-67 kg
Abylayxan Jusupov (Qozog‘iston) – Sevon Okazava (Yaponiya)
Lasha Guruli (Gruziya) – Omari Jons (AQSh)

-71 kg
Alban Bechiri (Albaniya) – Vadim Musaev (Rossiya)
Yuriy Zaxareev (Ukraina) – Sarxan Aliev (Ozarbayjon)

-75 kg
Salvatore Kavallero (Italiya) – Yonlis Ernandes (Kuba)
Jambulat Bijamov (Rossiya) – Virapon Yongoxo (Tailand)

-80 kg
Saveliy Sadoma (Rossiya) – Aleksey Alferov (Belarus)
Vladimir Mironchikov (Serbiya) – Robbi Gonsales (AQSh)

-86 kg
Viktor Xelstre (Belgiya) – Keno Machado (Braziliya)
Xerix Ruis (Kuba) – Loren Alfonso (Ozarbayjon)

-92 kg
Xulio Sezar La Krus (Kuba) – Madiyar Saidraximov (O‘zbekiston)
Aziz Abess Muxiddin (Italiya) – Emmanuel Reyes (Ispaniya)

+92 kg
Magomed Abdullaev (Ozarbayjon) – Davit Chaloyan (Armaniston)
Mark Petrovskiy (Rossiya) – Naydjel Pol (Trinidad va Tobago)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!