Boks. Ayollar terma jamoamiz jahon chempionatini kimlarga qarshi boshlaydi?

  • 15 mart, 2023, 23:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bugun Hindistonda o‘tkaziladigan ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatiga qur’a tashlandi.

Tecno

Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik bokschilar jahon chempionatini quyidagi raqiblarga qarshi boshlashadi:

-48 kg: Farzona Fozilova – Roberta Bonatti (Italiya)

-50 kg: Aziza Yakubova – Chutxamat Raksat (Tailand)

-52 kg: Feruza Kazakova – Junxyung Jun (Janubiy Koreya)

-54 kg: Nigina O‘ktamova – Karolina Fernandez (Meksika)

-57 kg: Maxliyo Habibullaeva – Tina Raximi (Avstraliya)

-60 kg: Sitora Turdibekova – Rimma Volassenko (Qozog‘iston)

-63 kg: Xadichabonu Abdullaeva – Alesha Jekman (Guayana)

-66 kg: Navbaxor Hamidova – Sara Varerau (Yangi Zelandiya) / Manju Bamboriya (Hindiston)

-70 kg: Aziza Zokirova – Anastasiya Demurchyan (Rossiya)

-75 kg: Sohiba Ro‘zmetova – Kun Diem (Vetnam)

Ma’lumot uchun, 16 mart kuni start oladigan jahon chempionatida dunyoning 65 mamlakatidan 324 bokschi ishtirok etadi.

Manba: O‘zbekiston boks federatsiyasi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!