Bogdan Guskov va Yan Blaxovich o‘rtasidagi super jang yakunlandi

  • 7 dekabr, 08:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni paytda AQShning Las-Vegas shahrida "UFC 323" turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

E’tiborlisi, asosiy kardning birinchi jangida hamyurtimiz Bogdan Guskov ham ishtirok etib, UFC sobiq chempioni Yan Blaxovichga qarshi oktagonga ko‘tarildi. Biroq shiddatli va keskin o‘tgan bahsda g‘olib nomi aniqlanmadi. Hakamlar ushbu to‘qnashuv natijasini durrang, deya baholashdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur oqshomning markaziy to‘qnashuvida gruziyalik Merab Dvalishvili va rossiyalik Pyotr Yan o‘zaro kurash olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
07/12/2025 11:29
купрок пул ишлаш учун атайлаб дуранг килишган