Bobur Tagiev vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi yoxud ertaga uch nafar o‘zbekistonlik muaytaychi jang qiladi

CHERY AUTO

Ertaga, BAAning Dubay shahrida professional muaytay bo‘yicha o‘ziga xos ajoyib jang kechasi bo‘lib o‘tadi.

Tecno

 “Muyathai Night 6” deya nomlangan ushbu turnir “UAE Muaythai” promousheni tomonidan tashkil qilinmoqda.

Mazkur oqshomda yurtimizning iste’dodli yakkakurash ustasi Bobur Tagiev ikkinchi markaziy jangda ringga ko‘tariladi. Uning raqibi frantsiyalik Valentin Tibaut bo‘ladi.

Shuningdek, ushbu kechaning prelim kardidan yana ikki hamyurtimizning janglari o‘rin olgan. Jumladan, 54 kg vazn toifasida Aslamjon Ortiqov britaniyalik Joshua Xogelga qarshi jang qilsa, 63 kg vaznda Sheroz Xolmirzaev mezbon Nuredin Samir bilan  to‘qnash keladi.

Bugun, ushbu to‘qnashuvlar avvalidagi an’anaviy vazn o‘lchash hamda “Face to face” marosimi bo‘lib o‘tdi va unda hamyurtlarimiz belgilangan me’yorni bajara oldilar.

Shu o‘rinda ushbu janglarda yurtdoshlarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!