"Bobur arena"da oddiy o‘yinlar bo‘lmayapti yoxud yana dramatik bellashuv!

  • 18 aprel, 00:59
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Kubogi guruh bahslarining 1-turidagi so‘nggi uchrashuv “Bobur arena”da “Andijon” hamda “Surxon” klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Tecno

O‘yin hujumkor, qiziqarli va shu bilan birga asabiy tarzda kechdi. Ikkala jamoa murabbiylari tomonidan tarkibda ayrim o‘zgarishlarga qo‘l urildi. Chunki taqvim tig‘iz bo‘lib, oldinda yana Superliga bahslari kutayotgandi. Shu bois tarkiblarda ayrim rotatsiyalar bo‘ldi.

Lekin bellashuv boshlarida kutilmaganda “Surxon” birin-ketin ikkita gol urdi. Avvaliga 11-daqiqada mehmonlar penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, oradan besh daqiqa o‘tgach, ikkinchi gol yana mezbonlar darvozasiga kiritildi. Vaziyat bunday tus olishini kutmagan mezbonlar shundan so‘ng to‘liq tashabbusni o‘z qo‘liga oldilar va raqib darvozasi oldida golga tortadigan vaziyatlarni yarata boshladi. Ana shunday hujumlarning birida himoyachi Luka Uskokovich yana standart vaziyatdan so‘ng boshi bilan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. U ketma-ket ikkinchi o‘yindirki gol urmoqda. O‘tgan safar Toshkentda “Paxtakor” darvozasiga ham aynan boshi bilan gol urgani yodimizda. “Andijon” yana bir nechta vaziyatda golga yaqin keldiyu, biroq yakunlovchi zarbada aniqlik etishmadi.

Tanaffusdan keyin “Andijon” tarkibida bira to‘la uch nafar o‘zgarish ro‘y berdi. Kutilganidek, maydon egalari katta kuch bilan oldinga tashlandilar. Galma-galdan futbolchilar “Surxon” darvozasi tomon xavfli zarabalar bera boshladi. Faqatgina uchrashuv oxirlariga yaqin ko‘plab xavfli hujumlardan biri gol bilan yakun topdi. Bu vaziyatda jarima maydoni ichida Damir Temirov o‘zi uchun qulay imkoniyatdan foydalanib qoldi. Biroq oradan ikki daqiqa o‘tgach, mehmonlar uchinchi golni urdilar. Natijada bahs 2:3 hisobida “Surxon” foydasiga hal bo‘ldi.

“Andijon” – “Surxon” – 2:3 (1:2).

17 aprel. Andijon. “Bobur arena” stadioni. 8818 tomoshabin.

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Rasul Fozilov, Islom Nosirov.

Zaxira hakami: Alisher To‘xtasinov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Diyor Hotamqulov

“Andijon”: Valijon Rahimov, Islom Mamatkazin, Luka Uskokovich, Oleg Zoteev, Usmonali Ismonaliev (Abdulvohid G‘ulomov, 64), Altin Kreziu, Ilhom Abdug‘aniev (Damir Temirov, 46), Sardor Azimov (Doniyor Abdumannopov, 46), Mirzad Mexanovich, Farhod Sohibjonov (Bektemir Abdumannonov, 46), Islam Mashukov (Rustam Turdimurodov, 64).

“Surxon”: Dilshod Yo‘ldoshev, Behruz Karimov (Javohir Jo‘raev, 55), Nodirxon Ne’matxonov, Jamaldin Xojiniyazov, Kiril Kolesnichenko, Sarvar Abduhamidov (Diyor Ramazonov, 79), Muhammad Ali Abdurahmonov, Sherzod Komilov (Sardor Mahmudov, 79), Behruz Shukurullaev, Asad Karimov (Doston Tursunov, 71), Dmitriy Kratkov (Dmitriy Pletnev, 71).

Gollar: Kiril Kolesnichenko, 11-pen. – 0:1. Muhammad Ali Abdurahmonov, 16 – 0:2. Luka Uskokovich, 27 – 1:2. Damir Temirov, 87 - 2:2. Doston Tursunov, 89 – 2:3.

Ogohlantirishlar: Luka Usokokovich, 9. Doniyor Abdumannopov, 66 – Dmitriy Kratkov, 23 Nodirxon Ne’matxonov, 38. Muhammad Ali Abdurahmonov, 79.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
18/04/2025 10:02
Отангга балли Сурхон