Bobousmon Baturov: O‘zbek boksi jahonda birinchi o‘rinda turadi

  • 10 sentabr, 2019, 14:58
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ekaterinburgdagi jahon chempionatida -69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan Bobousmon Baturov musobaqa oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda boks federatsiyasmi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

"Musobaqaga tayyorgarlik a’lo darajada bo‘ldi. Biz yaxshi sport formasidamiz. Xudo xohlasa natija ham yaxshi bo‘ladi, bunga ishonaman. Shuni unutmaslik kerakki, bu sport va unda har qanday vaziyat bo‘lishi mumkin. Birgina zarba jang taqdirini hal qilishi mumkin bo‘lgan boksda o‘zbek sportchilariga qarshi raqiblar ringga ikki barobar tayyorgarlik ko‘rib chiqishadi. Chunki, o‘zbek boksi jahonda birinchi o‘rinda turadi. Biz buni tushunib turibmiz. Xudo nasib qilsa, xalqimiz duosi bilan yurtimizga yaxshi natija bilan qaytamiz.

Raqiblar haqida gapiradigan bo‘lsam, bu jahon chempionati va unga barcha g‘alaba qozonish uchun keladi. Vaznimda Angliya, Qozog‘iston va Kuba vakillari sovrinli o‘rinlar uchun asosiy da’vogar hisoblanadi. Musobaqada xech qaysi jang oson kechmaydi. Har bir bokschi o‘z mamlakatining etakchisidir. Shuningdek, chempionatda yangi kashfiyotlar ham bo‘lishi mumkinligini yoddan chiqarmasligimiz lozim", - dedi Bobousmon Baturov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!