
"BNP Paribas Open": Marin Chilich kurashdan chiqdi
Xorvatiyalik Marin Chilich Indian-Uells shahrida o‘tayotgan musobaqaning uchinchi davrasida o‘z ishtirokini yakunlashga majbur bo‘ldi.
Marin ushbu bosqichda kanadalik Denis Shapovalovga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Afsuski, uchrashuvda o‘yin tizginini raqib qo‘liga topshirgan Chilich, yakunda 4:6, 2:6 hisobida taslim bo‘ldi.
Shu tariqa "BNP Paribas Open" turnirining to‘rtinchi davrasiga yo‘l olgan Shapovalov, endi chorak finalga chiqish uchun polshalik Xubert Gurkachga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar