"Bizga raqibning ahamiyati yo‘q" - "Navbahor" Benzema va uning jamoasidan qo‘rqmayapti!

  • 30 dekabr, 2023, 00:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 28 dekabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdagi OFK bosh qarorgohida Osiyo Chempionlar ligasi (OChL)ning 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.

Tecno

Ma’lumki, OChLning keyingi bosqichiga yurtimizdan “Navbahor” hamda “Nasaf” klublari yo‘l olishgan. Shu bois ularning navbatdagi raqiblarini bilish hamda O‘zbekistonga qaysi yulduzlar kelishini aniqlash ham muhim edi.  

Qur’a natijasiga ko‘ra, nimchorak finalda “Navbahor” ga Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” (Jidda) klubi raqib bo‘ldi. “Nasaf” esa BAAning “Al-Ayn” jamoasiga qarshi o‘ynaydi.

Ha, mamlakatimizga yana bir bor oltin to‘p sohibi Karim Benzema va uning jamoasi keladigan bo‘ldi. “Navbahor” guruh bosqichida avvaliga Saudiyaning “Al-Hilol” jamoasi bilan to‘qnash kelgandi, endi bo‘lsa, saudlarning yana bir grand klubiga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi.

Bu orqali yana bir bor Samvel Babayan jamoasining xalqaro miqyosidagi reytingi ko‘tarilishi shubhasiz. Chunki jahon yulduzlariga qarshi o‘yinlarga qiziqish va translyatsiya qilish juda faollashadi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, “Navbahor”ni yangi sarguzashtlar kutyapti.

ibroxim 

Qur’a borasida esa namanganliklarning turli fikrlari bildirilmoqda. “Navbahor”ning mahoratli himoyachisi Ibrohim Yo‘ldoshev ham o‘z fikrlarini bildirdi.

- Qur’adan keyingi hissiyotlarni tasvirlash qiyin. Yana Namanganda katta futbol bayrami bo‘lishi va u tezroq boshlanishini hamda bo‘lajak o‘yinda maydonga tushishni intiqib kutyapman, - dedi Ibrohim Yo‘ldoshev.

Shuningdek, “Navbahor” yarim himoyachisi Asadbek Sobirjonov ham klub matbuot xizmatiga shunday dedi:

 - “Al-Ittihod” yaxshi shakllangan jamoa. Shu bois, mazkur raqibga qarshi o‘yinlar qiziqarli, shiddatli tarzda kechadi, menimcha. Bizga qaysi klub raqib bo‘lishining ahamiyati yo‘q edi. Boisi, buyog‘iga kuchsiz raqibning o‘zi yo‘q.

asad

Bo‘lajak uchrashuvlarda ijobiy natijalarni qayd etish uchun maydonga tushgan holda, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritamiz, degan umiddaman, - dedi Asadbek Sobirjonov.

“Al-Ittihod” guruh bosqichida OKMKga qarshi ikki marta o‘ynadi va ikkalasida ham g‘alaba qozondi. Lekin bu safar Benzema jamoasiga jiddiy muammolar tug‘iladi, degan umiddamiz. “Navbahor” kuchli klublarga qarshi o‘ynay olishini ko‘rsatdi. Ha,  “Al-Ittihod” kuchli, biroq engib bo‘lmas raqib hisoblanmaydi...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
30/12/2023 12:19
Худо хохласа 2024 да илк галабани нишонлаш насиб этсин.Олга "Лочинлар".
ЖУРАЕВ ХАЙРУЛЛО
30/12/2023 07:41
Навбахорга очл да омад.Ал насрни ютиб Узбекистонда хам С.Арабистон клубларини енга оладиган жамоа бор эканлигини исботласин.Олга Навбахор.
&
аавва
30/12/2023 15:29
Аввало шу ергача етиб келиш осонмас. Буйогига омад Навбахор ва Насафга
&
998913335306
30/12/2023 06:59
Аввалом бор Навбахорга омад тилайман-у.. лекин унинг юриши шу ерда тухташи хам мумкиндай назаримда.
&
Bek 56
30/12/2023 09:45
Жуда тугри су'злариз