Bizga pul kerak emas! Katta transfer barbod bo‘ldi

  • 4 iyun, 11:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” sardori Brunu Fernandesh kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi. Portugaliyalik yulduz Saudiya Arabistonidan mo‘may daromadli taklif olgan edi.

Tecno

So‘nggi voqealar rivoji shuni ko‘rsatdiki, “Al-Hilol” 30 yoshli futbolchining transferi uchun manchesterliklarga 119 million evro taklif qildi.

Agar Brunu taklifni qabul qilganida shayxlar unga har mavsum uchun qariyb 40 million evrodan maosh to‘lashga rozi edi. Biroq mashg‘ur o‘yinchi saudiyaliklarga rad javobini berdi.

- “Al-Hilol” xo‘jayini menga qo‘ng‘iroq qildi va men taklifni rad etdim. Men Ruben Amorim bilan gaplashdim. U mendan ketmasligimni so‘radi.

“Manchester Yunayted” rahbariyati esa, meni sotib yuborishni istamadi. Ularga bu pullar kerak emas. Lekin men kutishga qaror qilganimda, ular transfer taklifini qabul qilardi, - dedi Brunu Fernandesh.

Portugaliyalik futbolchi “Manchester Yunayted”da 2020 yildan beri o‘ynab keladi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!