Bizga kel! Levandovskiga Evropadan yangi xaridor chiqdi
“Barselona”ning 37 yoshli hujumchisi Robert Levandovski joriy mavsum yakunlanishi bilan klubni tark etishi kutilmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 30 iyungacha davom etadi.
Kataloniya klubi sport direktori Deku yoshi o‘tib qolgan yulduz bilan hamkorlikni uzaytirmoqchi emas va shundan kelib chiqib, polshalik forvardga yangi bitim taklif qilinmaydi.
Ammo Levandovskiga ish berishga tayyor klublar bor va ularning safi kengayib bormoqda.
L'Equipe nashri ma’lumotiga ko‘ra, Levandovskiga nafaqat Saudiya Arabistonidan, balki AQSh va Evropa jamoalaridan chorloqlar bo‘lyapti. Endi da’vogarlar qatoriga Turkiyaning mashhur klublaridan biri “Fenerbahche” ham qo‘shildi.
Turk klublari keyingi paytda Evropaning yorqin yulduzlarini Superligaga taklif etish amaliyotidan juda keng foydalanyapti. Shu bois, “Fenerbahche” ham oldingi chiziqni mashhur to‘purar hisobiga kuchaytirishni maqsad qilgan.



Fikrlar