
Bizga begona bo‘lmagan "Ayntraxt" yana bir xaridni amalga oshirdi!
"Bayer" hujumchisi Lukas Alario rasman "Ayntraxt" a’zosiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Alario frankufrtliklar bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. 29 yoshli forvard "Bayer" safida 164 o‘yin o‘tkazib, o‘z nomiga 58 ta gol va 16 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.
Futbolchining transferi taxminan 6 million evroga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, "Ayntraxt"ning ma’lum bir qismi hamyurtimiz Kozim Aripovga tegishli hisoblanadi.
Fikrlar