Bizga “Barsa” o‘yinchisi kelsin!

  • 6 noyabr, 15:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” akademiyasi iste’dodlarni tarbiyalashdan to‘xtamaydi. Kataloniya klubi tizimidan etishib chiqqanlar orasida Mark Kasado asosiy jamoaga qo‘shila olgan baxtiyor futbolchilardan.

Tecno

22 yoshli universal yarim himoyachining o‘sishi Angliya klublari e’tiborini tortdi. Ayniqsa, “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta bu o‘yinchiga katta umid bilan ko‘z tikmoqda.

“Arsenal” murabbiylar shtabidagi mutaxassislar Kasadoni maydon markazidagi muvozanat va jismoniy kuchni ta’minlay oladigan o‘yinchi sifatida Londonga olib kelishni rejalashtiryapti.

Markaziy yarim himoya “kanonirlar” imkon qadar tezroq mustahkamlamoqchi bo‘lgan pozitsiya hisoblanadi. Bu zonaga asosiy nomxod Mark Kasado bo‘lib turibdi.

Ammo “Barselona” ispan futbolchisini osonlikcha qo‘yib yubormaydi. Mikel Arteta esa, kataloniyaliklarni Kasadoni transfer qilishga ko‘ndirish uchun ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!