Bizda o‘ynasang, maoshing uchdan biriga qisqaradi!

  • 29 oktabr, 23:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” rahbariyati 2017 yildan beri jamoa sharafini himoya qilib kelayotgan Serj Gnabrini muayyan shartlar asosida klubda olib qolishni rejalashtirmoqda.

Tecno

30 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi va tomonlar hamkorlik borasida bir to‘xtamga kelishi lozim.

Gnabrining o‘zi muhitni o‘zgartirmoqchi emas va Myunxen superklubida qolishni istaydi. Taniqli jurnalistlardan Tobi Altsheffl va Kristian Falk ma’lumotlariga ko‘ra, myunxenliklar Gnabrini jamoada saqlab qolishga rozi, ammo buning uchun futbolchi yangi shartnoma bo‘yicha maoshi hozirgisiga nisbatan taxminan uchdan bir qismga kamaytirilishi kerak.

Agar o‘yinchi shunga ko‘nsa, unga 2028 yilning 30 iyunigacha davom etadigan bitim beriladi.

Serj Gnabri Germaniyaning bir necha futbol akademiyalarida xususan, “Shtutgart” yoshlar jamoasida tahsil olgan. 2011 yili Angliyaning “Arsenal” klubi yoshlar jamoasiga ko‘chib o‘tdi.

“Arsenal”ning birinchi jamoasidan muqim joy ololmagan hujumkor futbolchi keyinchalik “Vest Bromvich”, “Verder”, “Xoffenxaym”da o‘ynab, 2017 yili “Bavariya”ga keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!