“Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida «sport oyligi» boshlandi

CHERY AUTO

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tashabbusi bilan may oyi Respublikamizda sport oyligi deb e’lon qilindi. Bugun MOQ qo‘l urgan ushbu yangi loyihaga start berildi. Unda ilgari surilgan “Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” jumlasi yuzlab yosh sportchilarning qalbidagi shiorga aylandi. Aynan ushbu shior bilan boshlangan yangi fleshmob sekin-asta Respublikamiz hududini qamrab olmoqda.

Tecno

Tabiiyki, bunday yirik sport tadbiri sportimiz faxriylarini befarq qoldirgani yo‘q.

“Bola yoshligida televizor qarshisida turib sportga bo‘lgan qiziqishi ortadi, unga mehr beradi. Ota-onasi ham bundan xursand bo‘lib, farzandini shu sportga berishni boshlaydi. O‘zbek xalqi to‘y-marosimlarida kurash qiladi. Shu kabi tadbirlarda juda ham ko‘p iqtidorlarni ko‘rish mumkin. Biz ham shu to‘y kurashlarida ishtirok etib, katta sportga keldik, jahon ko‘rdik, dunyo birinchiligi va Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etdik. O‘ylaymmanki, bunday ommaviy sport tadbirlarining tashkil qilinishi yangi nomlarni kashf qilishda katta yordam beradi”, – deydi dzyudo bo‘yicha Pekin Olimpiadasi finalchisi Abdullo Tangriev.

Sport oyligi 31 mayga qadar davom etadi. Unda yurtimizning barcha tuman va shaharlari bo‘yicha ko‘plab ommaviy musobaqalar tashkil qilish rejalashtirilgan bo‘lib, yakunda Respublika bosqichi bo‘yicha g‘olib va sovrindorlarni aniqlab olish rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!